Корреспондент
- Posted
- 27 Oct 2026
- Closes
- 26 Nov 2026
- Location
- Ташкент, улица Шейха Зайниддина, 2
- Employer
- ООО GALACTICA AGENCY
Job description
Biz shunchaki axborot yetkazadigan emas, voqealarni tahlil qila oladigan, noodatiy rakurslarni topadigan va o‘quvchiga mavzuni yangicha nigoh bilan taqdim etadigan muxbir izlayapmiz.
Biz qanday muxbir izlayapmiz?
Bizga an’anaviy muxbir emas, internet jurnalistikasi imkoniyatlarini yaxshi tushunadigan, qoliplar doirasida fikrlamaydigan va har bir mavzuga o‘ziga xos yondasha oladigan jurnalist kerak.
Asosiy talablar:
• O‘zbek adabiy tilini mukammal bilish, rus tilini kamida B2 darajada bilish;
• Jurnalistika yoki internet nashrlarida kamida 2 yillik ish tajribasi;
• Sud jarayonlari, voqea joylari va dolzarb hodisalardan reportajlar tayyorlay olish;
• Ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy va boshqa mavzularni yoritish qobiliyati;
• Ozoda tashqi ko‘rinish, ravon nutq, fikrni aniq va tushunarli ifodalash mahorati;
• Mustaqil fikrlash, mavzuga noodatiy yondashish va yangi formatlarni sinab ko‘rishga tayyorlik.
Asosiy vazifalar:
• Sud jarayonlari, sud ishlari va huquqiy mavzulardagi voqealarni yoritish;
• Voqea joyiga chiqib, tezkor reportajlar, intervyular va maxsus materiallar tayyorlash;
• Ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy va boshqa dolzarb mavzularda jurnalistik materiallar yaratish;
• Voqealar ortidagi sabablar, muammolar va ularning jamiyatga ta’sirini o‘rganish;
• Manbalar bilan ishlash, ma’lumotlarni tekshirish va turli tomonlarning pozitsiyalarini o‘rganish;
• Qahramonlar, ekspertlar va mas’ul shaxslar bilan intervyular tashkil etish;
• Mavzularni noodatiy rakurslarda yoritish, yangi format va yondashuvlarni taklif qilish;
• Yangiliklar, reportajlar, tahliliy maqolalar va boshqa multimedia materiallarini tayyorlash;
• Tahririyat bilan hamkorlikda mavzularni ishlab chiqish va materiallarni belgilangan muddatlarda topshirish.
Ish sharoitlari:
• Ish vaqti: 10:00–19:00
• Maosh: nomzodning tajribasi va salohiyatidan kelib chiqib, suhbat davomida kelishiladi.
• Kasbiy erkinlik: noodatiy yondashuvlar va yangi jurnalistik formatlarni taklif qilish imkoniyati.
• Ijodiy muhit: qoliplardan xoli fikrlash, tashabbus ko‘rsatish qo‘llab-quvvatlanadi.
• Kasbiy rivojlanish: turli mavzulardagi materiallar, maxsus reportajlar va tahliliy loyihalar ustida ishlash imkoniyati.
• Zarur ish xarajatlari: xizmat topshiriqlari bilan bog‘liq transport va boshqa xarajatlarni qoplash tartibi kelishiladi.
Muhim: Talabalar va ish tajribasi 2 yildan kam bo‘lgan nomzodlar arizalari umuman ko‘rib chiqilmaydi!
Agar vakansiyamizda o‘zingizni ko‘rayotgan bo‘lsangiz, rezyume va portfoliongizni . Murojaatlarga soat 10:00 – 18:30 orasida javob beriladi.